РУССКАЯ ВЕРСИЯENGLISH VERSIONUZBEK      SAVOLING BO`LSA,BOG`LAN! (+99890) 909-77-99 (+99871) 237-12-72 



Ingliz-tili

 "VIVAVOX.UZ O`QUV MARKAZI” INGLIZ TILI KURSLARI. 
 
 

Beginner


Beginner kursi – Ingliz tilini o’rganishning eng birinchi bosqichi hisoblanadi. Siz ilgari ingliz tilini o’rganmagan bo’lsangiz, demak bu kurs aynan Siz uchun. Boshlangich daraja tarkibiga Beginner hamda Elementary bosqichlari kiradi va ular yevropa standartlarida bir xil belgi, ya’ni A1 bilan belgilanadi. Agar Siz bir necha oddiy gaplar tuzishni, asosiy zamonlarni (Present, Past, Future Simple) ishlatishni bilsangiz va birozgina so’z boyligiga ega bo’lsangiz, hech ikkilanmasdan 2chi bosqich – Elementary kursimizni boshlashingiz mumkin bo’ladi.

·Kurs davomiyligi: 2 oy;

·So’z boyligi: 200 – 300 so’z;

·Eng boshlang’ich grammatik mavzularni o’zlashtirish;

·Osonroq darajadagi matnlarni o’qish va qisqa insholar yozish

·Nutqni rivojlantirish

·Beginner darajasida yozish, o’qish, gapirish va eshitib tushunishni o’zlashtirish;

·Guruhdagi o’quvchilar soni: 6 – 10 kishi

·Dars davomiyligi: 2 akademik soat (90 min)

·Darslar haftasiga 3 marotaba


Elementary


Elementary – ingliz tilini o’rganishdagi eng muhim bosqichlardan biri sanaladi. Shu sababli bu bosqichni "yashay olish bosqichi” deb ham atashdi, chunki bu bilim darajasini egallagan o’quvchi Ingliz tilida umumiy so’lashuv uchun eng zarur bo’lgan boshlang’ich konikmalarni to’liq egallaydi. Odatda bu bosqichni boshlash uchun maktab va universitetda olingan ilk bilimlar yetarli bo’ladi. Agar Siz oldin ingliz tilini biroz o’rgangan bo’lsangiz, harflar bilan tovushlarni to’g’ri talaffuz qila olsangiz va o’zingiz yoki yaqinlaringiz haqida qisqacha ma’lumot bera olsangiz, demak Elementary bosqichi Sizga juda mos keladi.

·Kurs davomiyligi: 4 oy;

·So’z boyligi: 500-700 so’z;

·Boshlang’ich grammatik mavzularni o’zlashtirish;

·Kichik matnlarni o’qish va qisqa insholar yozish

·Nutqni rivojlantirish

·Elementary darajasida yozish, o’qish, gapirish va eshitib tushunishni o’zlashtirish;

·Guruhdagi o’quvchilar soni: 6 – 10 kishi

·Dars davomiyligi: 2 akademik soat (90 min)

·Darslar haftasiga 3 marotaba


Pre-Intermediate


Pre-Intermediate - o’rta darajadan bir po’g’ona pastdagi bosqich hisoblanadi. Siz maktab yoki universitetda Ingliz tili darslarida yaxshi o’zlashtirib, ko’pchilik grammatik qoidalarni yoddan chiqarmagan bo’lsangiz, demak Sizning bilim darajangiz aynan Pre-Intermediate bosqichiga to’g’ri keladi.

·Kurs davomiyligi: 4 oy;

·So’z boyligi: 1000 - 2000 so’z;

·Asosiy grammatik mavzularni o’zlashtirish;

·O’rtacha qiyinlikdagi matnlarni o’qib, gapirib berish;

·Nutqni rivojlantirish

·Pre-Intermediate darajasida yozish, o’qish, gapirish va eshitib tushunishni o’zlashtirish;

·Guruhdagi o’quvchilar soni: 6 – 10 kishi

·Dars davomiyligi: 2 akademik soat (90 min)

·Darslar haftasiga 3 marotaba


Intermediate


Intermediate darajasi – Ingliz tilini o’rganishdagi o’rta bosqich hisoblanadi. Agar Siz har kungi, odatiy hollarda suhbatlasha olsangiz va Sizga aytilgan gaplarlarni tushuna olsangiz, ushbu bosqichni bemalol boshlashingiz mumkin. Intermediate yoki B1 darajasida ingliz tilini bilish Sizga mahalliy universitetlarning kirish imtihonlaridan o’tish imkonini beradi. Bundan tashqari, aksariyat tashkilotlar ham o’z ishchilaridan ingliz tilini kamida Intermediate darajasida bilishni talab qiladi.

·Kurs davomiyligi: 3 oy;

·So’z boyligi: 2000 - 3000 so’z;

·Murakkab darajadagi matnlarni o’qish va biznes-xatlarni yozish

·Nutqni rivojlantirish

·Intermediate darajasida yozish, o’qish, gapirish va eshitib tushunishni o’zlashtirish;

·Guruhdagi o’quvchilar soni: 6 – 10 kishi

·Dars davomiyligi: 2 akademik soat (90 min)

·Darslar haftasiga 3 marotaba

 

Upper – Intermediate


Upper –Intermediate – Ingliz tilining anchagina jiddiy bosqichlaridan biri sanaladi. Bu bilim darajasini egallagan insonlar deyarli barcha sohalarda qiyinchiliksiz muloqotga kirisha oladi. Ushbu kurs yakunida, o’quvchilar IELTS yoki TOEFL xalqaro sertifikatlarining imtihonlariga tayyorlanishni boshlashi mumkin. Bu sertifikatlar xalqaro universitetlarda (Westminster, MDIS etc.) va xorijiy o’quv muassasalarda tahsil olish uchun zarur bo’ladi.

·Kurs davomiyligi: 3 oy;

·So’z boyligi: 3000 - 5000 so’z;

·Murakkab darajadagi grammatikani o’zlashtirish

·Aniq va ravon tilda so’zlashish va xorijiy filmlarni bemalol tushunish

·Nutqni rivojlantirish

·Upper-Intermediate darajasida yozish, o’qish, gapirish va eshitib tushunishni o’zlashtirish;

·Guruhdagi o’quvchilar soni: 6 – 10 kishi

·Dars davomiyligi: 2 akademik soat (90 min)

·Darslar haftasiga 3 marotaba

Telefon: (+99890) 909-77-99.

Telefon/Faks: (+99871) 237-12-72.

email: info@vivavox.uz